Telefon
+99871 207-07-70 (5015#)
71 207-11-07
Ishonch telefoni
1157
Veb-sayt
https://gov.uz/eco
Elektron pochta
info@eco.gov.uz
100043, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 7-A uy
«Novza» metro bekati «Novza» masjidi
09:00 - 18:00
Tushlik: 13:00 - 14:00
Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan ko'rsatkichlar "Yashil kalkulyator" yordamida hisoblanadi va "Eko faol fuqaro" maqomini olganlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
10% foizlik Davlat xizmatlaridan foydalanishga chegirmalar joriy etiladi.
0,3 foizlik Iste'mol kreditlarining foiz stavkasiga chegirmalar qo'llaniladi.
14 ta Oilaning barcha a'zolari "Eko faol fuqaro" maqomini olganda, ushbu oilaga "Yashil oila" maqomi beriladi hamda ular orasida har yili lotereya orqali aniqlangan oilalarga elektromobil sovg'a qilinadi.
Ekologik transport vositalari had'ya qilinadi (velosiped, skuter va boshqalar).
Ushbu platforma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga asosan tashkil etilgan.
Ekologik tamoyillarni o'zining kundalik hayotiga joriy qilgan va yuqori ko'rsatkichlarga erishgan fuqarolarga «Ekofaol fuqaro» maqomini beriladi hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirmalar va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan banklardan iste'mol kreditlarini olishda chegirmalar taqdim etiladi.
Har bir oilaning barcha voyaga yetgan a'zolari "Eko faol fuqaro" maqomini olganda, ushbu oilaga "Yashil oila" maqomini beriladi hamda ularga har yili ochiq tanlovlar orqali 14-ta elektromobillar beriladi.
Aholisining yarmi "Yashil oila" maqomini olgan mahallalarda "Eng toza mahalla" va "Eng yashil mahalla" tanlovlari o'tkazilib, g'olib bo'lgan mahallalar jamg'armalariga mahalla aholisining takliflarini o'rgangan holda mahallaning ichki infratuzilmasini yanada yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirishga, xususan yo'llarni ta'mirlash, energotejamkor yoritish uskunalarini o'rnatish, bolalar maydonchasini qurish, "Yashil bog'" yaratish va o'rindiqlar o'rnatish, chiqindi yig'ish maydonchalarini qurish, chiqindi qutilari va konteynerlarini o'rnatishga 500 million so'm ajratiladi.